8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosib nishonlanmoqda
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosib nishonlanmoqda
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosib nishonlanmoqda
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan yurtimizda tantanali bayram dasturlari, anjuman va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

        Jumladan, Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham ushbu qutlug‘ sana keng nishonlandi. Tadbirda so‘z olganlar, Konstitusiyamizning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi o‘rni, ijod erkinligining konstitusiyaviy asoslari va normalar ijrosini ta’minlash xususida atroflicha fikr yuritdi.  Asosiy qonunimiz inson qadr-qimmati, jamiyat erkin va farovon hayotining kafolati ekani yana bir bor e’tirof etildi.
        Tadbirda majmuada o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilariga “O‘zbekiston konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda Mudofaa vazirining “Mudofaa vazirligi faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. 
–  Mening kamtarona xizmatlarim munosib qadrlanganligidan juda mamnunman. Bu e’tirof va bizga bildirilgan ishonch men va kasbdoshlarimga yanada kuch va shijoat bag‘ishlaydi, – deydi majmua yuristkonsulti Rahima Jo‘rayeva.
        Ta’kidlash joizki,  yurtimizda fuqarolarimiz va ularning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklari Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Davlatimiz o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlagan holda, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirayotganligi esa, yurtdoshlarimizni munosib tarzda farovon xayot kechirishlari hamda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanda mustahkamlashda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing