Yangiliklar
Davlat boshqaruvi organi rahbarlari uchun tashkil etilgan maxsus yig‘in yakunlandi
“G‘alaba bog‘i”da Chirchiq poligonida hafta mobaynida davlat boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yigʻinning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
25 Noy
Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg Gubernatori Aleksandr Dmitriyevich Beglov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg Gubernatori Aleksandr Dmitriyevich Beglov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
07 Noy
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon sharaf” davlat muzeyi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumni imzoladi
Soʻnggi yillarda yurtimizda malakala va yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarni oʻzlashtirgan malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim, fan va muzeylar oʻrtasidagi oʻzaro integratsiya jarayonini shuningdek, talabalarda ijodkorlikni yanada rivojlantirish, borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 2 - noyabr kuni Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Andijon viloyat tarixi va madaniyati muzeyi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumni imzoladi.
02 Noy
Qozog‘iston jangchi-faxriylarining avtomarafon  ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” ga sayohat qildi
So‘nggi yillarda yurtimizda Xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, xalq diplomatiyasi, xalqaro turizmni rivojlantirish  bo‘icha qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
30 Okt
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
Joriy yilning 29-oktyabr kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida poytaxtimizning Olmazor va Chilonzor tumanlarida faoliyat yuritayotgan “Yosh Temurbeklar” va “Alpomish oʻquv-sport” vatanparvarlik sport guruhlari tarbiyalanuvchilari hamda Sergeli tumanida joylashgan 351-maktab qoshidagi NTM “Akadem Plyus” Yosh qutqaruv harbiy vatanparvarlik klubi tinglovchilari “Tantanali vaʼda” berishdi.
29 Okt
Talabalar tomonidan “Ikkinchi imkon” qisqa metrajli film “Gʻalaba bogʻi” da suratga olindi
Tarixni chuqurroq anglamay turib, mustahkam kelajakni barpo etib boʻlmaydi. Bugungi kunda yurtimizda ertamiz egalarini har tomonlama komil va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlari yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumanida barpo etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi oʻtmish va bugunni bogʻlab turuvchi, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, jonajon va aziz vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, ajdodlarimizning vatan tinchligini asrab avaylash yoʻlida koʻrsatgan jasoratini yurakdan his qilish va ularga munosib davomchi boʻlishga undovchi muazzam maskanga aylandi.
26 Okt
“KEKSALAR HAFTALIGI” KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI
Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab o‘tkazilayotgan uch avlod uchrashuvlari  Qorao‘zak tumanidagi  4-sonli umumta’lim maktabi hamda To‘rtko‘l tumanida joylashgan 18-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
09 Okt
“Gʻalaba bog‘i” majmuasida “Xalqaro Polisiya Assosiasiyasi” ning  10 yilligi keng nishonlandi
 “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining Amfiteatrida O‘zbekistondagi seksiyasi tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan tantanali  bayram kechasi bo‘lib o‘tdi
07 Okt
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Keksalar haftaligi” Uch avlod uchrashuvi doirasida tashkil etilmoqda
Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Keksalar haftaligi”  Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
07 Okt
Ajdodlar jasorati mangu qalbimizda
Yurtimizda so‘ngi yillarda “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida  turli hil vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.
29 Sen
Uch avlod uchrashuvi vatanparvarlik ruhida tashkil etildi
“Ajdodlar jasorati mangu qalblarimizda” Maʼlumki bugungi kunda yurtimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizning vatan tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida koʻrsatgan matonati va jasoratini yoshlarga namuna va oʻrnak sifatida targʻib qilish, shu bilan birga, mexnat fahriylari hamda keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom koʻrsatish borasida tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
20 Sen
Hamkorlik davom etmoqda
2022-yilning 20-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida joylashgan “Stalingrad jangi” muzey panoramasida “Volga boʻyida suhbat: XXI asrda tinchlik va oʻzaro munosabatlar” jamiyat diplomatiyasi Xalqaro forumi doirasida “Yodgorlik majmualari tarixiy xotirani saqlash markazlari sifatida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu tadbirga “Shon-sharaf” davlat muzeyi jamosi ham onlayn tarzda ishtirok etish uchun taklif etildi.
20 Sen
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing