Mudofaa vazirligi tomonidan joriy yilning 2-, 3- va 4-may kunlari poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” majmuasida ilk bor mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

Koʻrgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

        Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

        Shuningdek, “Texnofest-2024” doirasida ishtirokchilar oʻrtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar oʻtkaziladi. Gʻoliblar Mudofaa vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlanadi. Barchangizni “Texnofest-2024” koʻrgazmasiga taklif etib qolamiz.

        Batafsil maʼlumotlarni Mudofaa sanoati agentligining (71) 212 71 79; (90) 954 87 95 telefon raqamlariga bog‘langan holda, shuningdek, https://t.me/mudofaatexnofest telegram kanali yoki https://oboronprom.uz/texnofest manziliga murojaat qilish orqali bilish mumkin.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing