Xorijiy hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Xorijiy hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Xorijiy hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Mamlakatimizda o‘zaro halqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, shuningdek o‘zaro tajriba almashish barobarida sohalar rivojiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

        Jumladan, Mudofaa vazirligi tomonidan ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Ayni damda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan  Hindiston Respublikasi Xalqaro harbiy hamkorlik deportamenti vakillaridan iborat delegatsiya poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. 
        Ushbu majmua faoliyatiga yuqori baho bergan delegatsiya a’zolari Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan qahramonligi, millatlar va xalqlar ozodligi yo‘lidagi matonati, fidoiyligi va insonparvarligini o‘zida aks etgan ekspozisiya va eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.  
        Uchrashuv so‘ngida ushbu maskandan olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing