Hindiston harbiy delegatsiyasi “Galaba  bogi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Hindiston harbiy delegatsiyasi “Galaba  bogi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Hindiston harbiy delegatsiyasi “Galaba  bogi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Hindiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Quruqlikdagi qo‘shinlari shtab boshlig‘i general Manoj Pande rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi.

        Tashrif davomida Hindiston delegatsiyasini mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xalmuhamedov qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zbek-hind o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Shundan so‘ng, mehmonlar  “Galaba  bogi” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu majmua hamda “Shon saraf” davlat muzeyi faoliyatiga yuksak baho bergan mehmonlar bu yerdan olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing