8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami keng nishonlandi
8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami keng nishonlandi
8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami keng nishonlandi
Bahor kelishi bilan kunlar isib, tabiat ham asta-sekin uyg‘onib atrofni go‘zallik egallay boshlaydi. Fasllar kelinchagi deya e’tirof etilgan ushbu betakror faslda 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanadi.

        Ushbu kunda butun dunyo ayollari e’zozlanadi va ularga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham ushbu sana tantanali ravishda o‘tkazildi. Tadbirda Mudofaa vazirining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda bayram sovg‘alari tuhfa qilindi. 
        –Bugun o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha shijoatdamiz. Sababi, biz ayollar har yili  orziqib kutadigan 8  mart - go‘zallik va nafosat ayyomiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bundan boshimiz ko‘klarga yetdi. Fursatdan foydalanib, Mudofaa vazirligi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyatiga barcha munis va mo‘tabar ayollar nomidan tashakkur izhor etamiz. Yurtimiz tinchligini ta’minlashda tinim bilmay xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz bor ekan, bu yurtda baxt va xotirjamlik hukm suradi, – deydi ko‘zlarida quvonch va hayajon aks etgan Nodira Qarshiyeva. 
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda yurtimizda ayollarga har tomonlama e’tibor qaratilib, ularning turmush tarzini yanada yaxshilash, xayotda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishlarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan bayram tadbirida harbiy san’atkorlar tomonidan jozibali kuy va qo‘shiqlar ijro etilganligi kechaga yanada fayz ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing