Yangiliklar
VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSIB NISHONLANMOQDA
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga xotira daraxti ekildi.
14 Yan
Tinchlik va xotirjamlik  bebaho ne’mat
Vatan – muqaddas va azizdir. Uning tinchligini asrab-avaylash esa, har birimizning muqaddas burchimizdir.
12 Yan
Faxriylar holidan xabar olindi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan faxriylar holidan xabar olishdi.
11 Yan
Bir umrga tatigulik sayohat
“Gʻalaba bog‘i” Qoraqalpog‘istonlik yurtdoshlarimiz nigohida
07 Yan
VATAN TINCHLIGI BEBAHO NEʼMAT! “Gʻalaba bogʻi” yoshlar bilan gavjum
Yurtimiz kun sayin baxtiyor yoshlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Ularni har tomonlama yetuk va barkamol boʻlib voyaga yetishlarida barcha sohalarda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaki, bu esa, ularni yanada vatanparvarlik ruhida shakllanishlari uchun zamin yaratmoqda.
28 Dek
Vatan muqaddas va yagonadir. Uning har qarich yerini aziz bilib, asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir. Har bir davlatning ertangi kunini, shu yurtda olib borilayotgan bugungi islohatlar belgilaydi. Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ham ana shu kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan.
27 Dek
Vatanga munosib voris boʻlamiz!
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati”, “Mening huquq va majburiyatlarim” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 100 ga yaqin tanlov ishtirokchilari uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi. Majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan bolalarning koʻzlarida aks etgan xayrat, ajdodlarimizning vatanga boʻlgan sadoqati va matonatini chuqurroq anglaganliklaridan dalolat berib, ular qalbida bugungi osoyishta kunlarimizga boʻlgan shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
27 Dek
“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” ishtirokchilari “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida
Joriy yilning 18-25-dekabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” o‘tkazilmoqda. Forum doirasida 24-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 ga yaqin iqtidorli talaba yoshlar “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirishdi.
24 Dek
“Vatan aziz -jasorat mangu” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Olmazor tumanining Favqulotdda Vaziyatlar bo‘limi, Mudofaa Ishlari hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya bir tan - bir jondir“ shiori ostida “Vatan aziz – jasorat mangu” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
24 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligi munosib nishonlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan tantanali bayram marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Qurolli kuchlarimiz faxriylari, yurtimizninig qator mutasaddi tashkilotlari vakillari, Rossiya Federasiyasining “Geodezik ta’lim va fanni rivojlantirish fondi”ning mas’ul xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
23 Dek
O‘zbekistonlik Mansur Toshmatov va Barno Isoxova MDH mukofotlari sovrindori bo‘ldi
Toshkent shahridagi Botir Zokirov nomidagi estrada simfonik orkestri rahbari Mansur Toshmatov MDH rivojiga qo‘shgan gumanitar sohadagi yutuqlari uchun “Hamdo‘stlik yulduzi” mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi Barno Isoxova “Hamdo‘stlik Debyuti” mukofoti bilan taqdirlandi. U 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislarga beriladi va bu yil Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi.
21 Dek
Qahramonlik, matonat va fidoiylik mangu xotiramizda
2021-yil 21-dekabr kuni Moskva ostidagi janglarning 80 yilligiga bagʻishlab, «Вклад народов Центральной Азии в победу в Великой Отечественной войне» mavzusida Rossiya federatsiyasi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi M.Ulugʻbek nomidagi Milliy universiteti, Kozogʻiston Respublikasi Ye.A.Buketova nomidagi Karaganda universiteti, Afrika va Osiyo instituti hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi ilmiy xodimlari orasida ZOOM platformasi orqali onlayn konfirensiya oʻtkazildi.
21 Dek
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing