“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda

Joriy yilning 20-dekabr kuni Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Jizzax viloyati mintaqaviy bo‘linmasi tashabbusi bilan Markaziy harbiy okrug xizmatchilarining oila a’zolari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir va noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida tashrif buyurgan mehmonlar uchun konsert dasturi va ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari nomoyish etildi.

Barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan bu kabi tadbirlar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing