Unda harbiy xizmatchilar, Qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilari hamda Mudofa vazirligining Markaziy apparati va qo‘shinlar harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligining ahamiyati, Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanib, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlar, ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab bergani xususida ma’ruzalar o‘qildi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Bosh qomusimiz jinsi, millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini e’tirof etib, zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi. Shukurlar bo‘lsinki, Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan bir guruh Qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilari hamda Mudofa vazirligining Markaziy apparati va qo‘shinlar harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari” uchun esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
– Mening kamtarona xizmatlarim munosib qadrlanib, Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari uchun” uchinchi darajali esdalik nishoni bilan taqdirlandim. Bunday e’tibor men va men kabi kasbdoshlarimning vatan oldidagi burchimizni yanada sidqidildan bajarishga, Mustaqil va yangi O‘zbekistonimizni dunyohamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirishda bor kuch g‘ayratimizni safarbar etish bizninig oliy maqsadimizdir,–deydi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining kadrlar va saf bo‘limi bosh mutahassisi Hasanjon Uralov.
Tadbir so‘ngida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga birdek quvonch ulashdi.