O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligi munosib nishonlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligi munosib nishonlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligi munosib nishonlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan tantanali bayram marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Qurolli kuchlarimiz faxriylari, yurtimizninig qator mutasaddi tashkilotlari vakillari, Rossiya Federasiyasining “Geodezik ta’lim va fanni rivojlantirish fondi”ning mas’ul xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Dastavval, Kartagrafiya markazining o‘tgan 100 yil mobaynidagi faoliyatini o‘zida aks etgan ko‘rgazmalar nomoyish etildi.Ta’kidlash kerakki, o‘tgan davr mobaynida Kartografiya markazi Markaziy Osiyo va mamlakatimiz tarixida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar, Ikkinchi jahon urushida bo‘lib o‘tgan janglarda qo‘shinlarning topogeodezik ma’lumotlar va kartografik manbalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq shonli yo‘lni bosib o‘tdi. Tantanali marosimda “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi tashkil topganligining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i eshittirildi va yuksak kasbiy mahorati, xizmat va ish faoliyati davomida hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, Kartografiya markazining rivojiga hissa qo‘shgan xodimlarning bir guruhiga Mudofaa vazirining “Esdalik nishoni”, “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan soha vakillariga milliy qo‘shiqlar hamda raqslar guldastasi tuhfa etildi. Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan 100 yil mobaynida Kartografiya markazi tomonidan olib borilgan ulkan ishlar va erishilgan yutuqlari borasida yig‘ilganlarga ma’lumot berishdi. Shuningdek, Kartografiya markazi rahbariyatiga Rossiya Federasiyasining  “Geodezik ta’lim va fanni rivojlantirish fondi” bosh direktori tomonidan 1912-yildagi Turkiston o‘lkasininig foydali qazilmalari kartasi esdalik sifatida sovg‘a qilindi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing