“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” ishtirokchilari “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida
“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” ishtirokchilari “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida
“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” ishtirokchilari “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida
Joriy yilning 18-25-dekabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” o‘tkazilmoqda. Forum doirasida 24-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 ga yaqin iqtidorli talaba yoshlar “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirishdi.

Ular majmua hududidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida Ikkinchi jahon urushi davriga taalluqli bo‘lgan nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat yoshlarimiz ongida ajdodlarga munosib voris bo'lish, bugungi tinch va osoyishta hayotni yanada qadriga yetishlari uchun zamin yaratdi desak mubolag'a bo‘lmaydi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing