“Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi Respublika bosqichi qatnashchilari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida

2021-yilning 21-25-dekabr kunlari davlatimizda “Mening prezidentim” ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Joriy yilning 21-dekabr kuni ijodiy tanlov qatnashchilari uchun Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Tashrif chogʻida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikmizning barcha viloyatlaridan kelgan ijodiy tanlov qatnashchilari “Matonat madhiyasi” deb nomlanmish Zulfiya Zokirova haykali poyiga gulchambar quyib, qahramon oʻzbek onasiga hurmat bildirishdi.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan tanlov tashkilotchilarida, qatnashchilarida, ularning ustozlarida majmuada va muzeyda oʻrnatilgan xalqimiz qahramonligini, fidoiyligini va matonatini aks ettiruvchi noyob va nodir eksponatlar, ekspozitsiyalar katta taassurot qoldirdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing