Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-may – Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida chop etilgan “Xotiralardan o‘rin olgan tarix” kitobining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitob urushga safarbar etilgan vatandoshlarimizning farzandlari, yaqin qarindoshlari va do‘stlarining xotiralari asosida yaratilgan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga erishishda o‘zbek xalqining munosib hissasi, bukilmas irodasi, mardligi va qahramonliklarini kelajak avlodga yetkazish maqsadida oddiy xalq tilida yaqinlari, farzandlari va nabiralarining yodida qolgan hikoyalar asosida chop etiladi.
12 Noy