Harbiy xizmatchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Harbiy xizmatchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Harbiy xizmatchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi”ning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligiga qarashli Markaziy harbiy poliklinikasining tor doiradagi mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik nima va nima uchun kerak? Ushbu ko‘rikni amalga oshirishda avvalo kasallikni aniqlash va aniqlangan kasallikni chuqurroq o‘rganib, davo muolajalarini amalga oshirish orqali kasallikni bartaraf etishdir. Bu esa, harbiy xizmatchilarninig sog‘lig‘ini nazorat qilish, ularni sog‘lom va ruhan tetik bo‘lishlarida muhim omil hisoblanadi. Bugungi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni nevropotolog, xirurg, dermatolog, akulist, lor  kabi shifokorlar amalga oshirmoqda. Agarda kasallik aniqlangan taqdirda  ambulator davolash ishlar amalga oshiriladi. Kasallik chuqurlashgan taqdirda, stasionar davolash ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Biz vatanimiz posbonlari hisoblanmish harbiy xizmatchilarninig sog‘lig’ini mustahkamlashda o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, deydi – Markaziy poliklinika tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosari, tibbiy xizmat podpolkovnigi Dilnoza Ubaydullayeva.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing