“Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi
“Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi
“Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi
Taʼkidlash joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda birdek olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida barcha sohalarda katta oʻzgarishlar va salmoqli natijalarga erishildi. Ana shunday izchil islohot va yangilanishlar jarayonida eng yirik jamoat tashkiloti boʻlgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Yurtimizda 11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Shuningdek, xalqimiz farovonligiga, kasaba uyushmalari harakati rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan eng faol, fidoiy va tashabbuskor insonlar mehnatini eʼtirof etishga bagʻishlangan tanatanli tadbirlari boʻlib oʻtdi. Unda ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotga keng tatbiq etish hamda hodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan, shu jumladan, kasaba uyushmalari tizimida koʻp yillardan beri mehnat qilayotgan hodimlar, tarmoq kasaba uyushmalari va hududiy kengashlarning ilgʻor ish tajribasiga ega boʻlgan mutasaddilari, hamkor tashkilotlar vakillari va kasaba uyushmalari faxriylari mehnati eʼtirof etilib, ularga yangi taʼsis etilgan “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishoni topshirildi.

  • – Mening kamtarona xizmatlarim munosib baholanib, “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik nishoniga loyiq topilganimdan baxtiyorman. Yurtboshimizninig tashabbusi bilan inson manfaatlarini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar va amaliy ishlar mamlakatimiz dovrugʻini Yangi Oʻzbekiston nomi bilan butun dunyoga taratayotgani barchamiz uchun faxr va iftixordir. Bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlagan holda yoshlarimizni vatanga munosib vorislar qilib kamol topishida, muqaddas va biz uchun aziz boʻlgan ona vatanimiz ravnaqini yanada yuqori bosqichga koʻtarishda oʻz hissamizni qoʻshish bizning eng oliy maqsadimizdir,– deydi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi boshligʻi Yusupov Shuxrat Nabiyevich.

Darxaqiqat, shu oʻrinda taʼkidlash joizki, yurtimizda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, hodimlarning mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishdagi ishtiroki sezilarli darajada oshdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing