O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Belarus Mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Yurtimizda kechayotgan islohotlar negizida aynan inson va uning manfaatlari mujassam. Bugungi kunda xalqaro hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Ta’kidlash joizki, Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar ham ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilgan.

Bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Belarus Mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.  O‘zbekiston va Belarus Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohadagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan  tadbirlarni o‘z ichiga olgan bitim imzolandi. Shundan so‘ng, mehmonlar poytaxtimizdagi «Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir materiallar va eksponatlarni ko‘zdan kechirib, bugungi dorilomon kunlar, tinch va osuda hayotimizni ta’minlash uchun bukilmas iroda va jasorat namunasini ko‘rsatib, vatan tinchligi uchun jonini fido qilgan mard va jasur O‘zbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan matonati haqida so‘z yuritib, majmuadan olgan taasurotlarini yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing