Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevninig tashabbusi va gʻoyasi ostida bunyod etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi bugungi kunda nafaqat xalqimizninig, balki, Xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarninig ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayniqsa, ushbu Majmua faoliyati bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish yoʻlida hamkorlik qilishni istayotgan qoʻshni davlatlar soni ham ortib bormoqda. Jumladan, joriy yilninig 28-30 oktabr kunlari Rossiya federatsiyasi Moskva shahridagi “Uchinchi ming yillikda taʼlim” mintaqalararo jamoat fondi tomonidan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon sharaf” davlat muzeyida 1941 hamda 1945-yillarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xotiralari asosida “Mening urushim” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Unda Oʻzbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi davrida buyuk Gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasi, front ortida koʻrsatgan matonati va insonparvarligi hikoya qilinadi.
30 Okt