Jumladan, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachi” harbiy akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz” mavzusidagi insholar tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilaridan iborat bir guruh yoshlar ushbu majmuada boʻlib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyishdi. Shundan soʻng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishib, Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davrida koʻrsatgan fidoiyligi va qahramonligiga oid maʼlumotlarga ega boʻlishdi.