Joriy yilning 19 – mart kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining oddiy askar va serjantlar tarkibidagi shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilari ofitserlar tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagani hamda ofitserlar tarkibida keyingi xizmatni davom ettirish uchun qoʻshinlarga yuborilishi oldidan bitiruvchilarga sertifikat, ofitserlik guvohnomasi va navbatdagi harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi. Taʼkidlash kerakki, yurtimizda Mudofaa salohiyati va qudratini yanada oshirishda harbiy xizmatchilarning xizmatlari beqiyos. Shunday ekan, bugungi kunda ularga qaratilayotgan eʼtibor, oʻz xizmat vazifasini sadoqat bilan ado etishlari uchun zamin yaratmoqda.