Jumladan, Yurtimizning qator Oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak vatan posbonlari uchun zum orqali mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot esa, Davlat Bojxona instituti tinglovchilari va kursantlari ishtirokida olib borildi.
Mazkur mashg‘ulot O‘zbekistonlik generallari, Dnepr daryosini kechib o‘tish janglari, Leningrad mudofaasi, Partizanlik harakatlarida O‘zbekistonliklarning ishtiroki, Yevropani fashizmdan ozod qilishda vatandoshlarimizning qo‘shgan hissasi, Berlin uchun kechgan janglarda O‘zbekistonliklarning ko‘rsatgan jasoratlari kabi mavzularda olib borildi. Ta’kidlash joizki, bu kabi mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, Ota-bobolarimizning vatan tinchligini asrash yo‘lidagi ko‘rsatgan fidoiyligi va qahramonligini yoshlarga o‘rnak va namuna sifatida ko‘rsatib, ajdodlarga munosib tarzda ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun hissa qo‘shishdir.