Yangiliklar
“KEKSALAR HAFTALIGI” KOʻTARINKI RUHDA OʻTMOQDA
Bunday eʼtiborni kutmagan edim!
04 Okt
Vatanimga munosib va sodiq farzand boʻlaman!
Bugungi kunda “Gʻalaba bogʻi” Shon sharaf va mardlar maydoniga aylandi. Sababi, Ushbu maskanda Ona vatan tinchligi va osoyishtaligini asrab-avaylashda jonini fido qilgan Ota-bobolarimizninig jasoratini oʻzida namoyon etgan noyob manbalar mavjud boʻlib, ular ertamiz egalari boʻlmish yoshlarni vatanni sevishga, uning har bir qarich yeri muqaddas va aziz ekanligini anglashga undamoqda. Deyarli har kuni ushbu dargoh yurtdoshlarimiz bilan gavjum. Ayniqsa, barcha avlod vakillari oʻrtasida oʻtkazilayotgan turli maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarning mazkur majmuada oʻtkazilayotganligi hamyurtlarimiz qalbiga yanada vatanparvarlik ruhiyatini bermoqda.
01 Okt
Oʻtmishini ulugʻlagan yurt hech qachon kam boʻlmaydi
Rossiya Federatsiyasi, Madaniyat vazirining oʻrinbosari Yarilova Olga Sergeevna boshchiligidagi delegatsiya Poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻlishdi. Majmua faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar, oʻzlarining iliq taassurotlarini bildirdi.
30 Sen
Qozog‘iston Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni boshchiligidagi delegasiya “Gʻalaba bog‘i”ga tashrif buyurdi
Qozog‘iston Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni general-leytenant Ruslan Jaksilikov boshchiligidagi delegasiya poytaxtimizga tashrif buyurdi.
29 Sen
Fargʻonalik yoshlar “Gʻalaba bogʻi”da
Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.
27 Sen
Tojikiston mustaqil kasaba  uyushmalari federatsiyasi  vakillari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida
Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻlishdi.
24 Sen
“O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining majlislar zalida “O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
22 Sen
XORIJLIK MEHMONLARNINIG TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
Muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarninig ham qiziqishini uyg‘otayotganligi bilan ahamiyatlidir.
21 Sen
Dastlabki harbiy unvonlar topshirildi
Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyida bir guruh oddiy askar va serjantlarga “leytenant” boshlangʻich ofitserlik harbiy unvoni berildi. Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti qoshidagi ofitserlarni tayyorlash kursini bitirgan navbatdagi harbiy xizmatchilarga ofitserlik unvoni va guvohnomasini tantanali tarzda topshirdi. Ofitser degan sharafli nomga ega boʻlgan barcha bitiruvchilarni samimiy qutladi.
18 Sen
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing