Seminar ishtirokchilari uchun poytaxtimizdagi muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi. Majmuaninig bog‘ hududidan o‘rin olgan barcha eksponat va yodgorliklar, shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirgan mehmonlar O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi hamda ota-bobolarimizning jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonliklariga oid materiallarni ko‘zdan kechirar ekan, – Ajodlarimizga munosib bo‘lish, biz uchun sharaf,–deya ta’kidladi.