VATAN TINCHLIGI BEBAHO NEʼMAT! “Gʻalaba bogʻi” yoshlar bilan gavjum
VATAN TINCHLIGI BEBAHO NEʼMAT! “Gʻalaba bogʻi” yoshlar bilan gavjum
VATAN TINCHLIGI BEBAHO NEʼMAT! “Gʻalaba bogʻi” yoshlar bilan gavjum
Yurtimiz kun sayin baxtiyor yoshlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Ularni har tomonlama yetuk va barkamol boʻlib voyaga yetishlarida barcha sohalarda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaki, bu esa, ularni yanada vatanparvarlik ruhida shakllanishlari uchun zamin yaratmoqda.

Mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni­ 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklash bilan birga, oʻz navbatida juda katta eʼtibor va gʻamxoʻrlikni talab etadi. Aynan, yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor tufayli ertangi kun uchun ulkan yutuq va natijalar eshigi ochiladi. Oʻz tarixini oʻrgangan holda  bunyod etilgan kelajak esa, har tomonlama mustahkam jamiyatni bunyod etishdagi muhim qadamlardan biri sanaladi.

Ajdodlarimizning vatan tinchligini asrashdagi fidoiyligi va qahramonligidan soʻzlovchi, aynan vatan naqadar aziz va muqaddas ekanligini soʻzsiz va ishoralarsiz bayon etib, ayni damda yoshlarimiz ongiga ushbu qadriyatlarni singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan maskan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi har kuni ertamiz egalari bilan gavjum.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 250, hamda Yangiyoʻl tumanida joylashgan 28 - umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan ushbu maskanga tashrif buyurgan oʻquvchi yoshlar – Jonajon vatanimzni koʻz qorachigʻimizdek asrab avaylash, ota-bobolarimiz qoldirgan azaliy qadriyatlarga sodiq boʻlish bizning asosiy maqsadimizdir, – deya taʼkidlashdi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing