Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyida bir guruh oddiy askar va serjantlarga “leytenant” boshlangʻich ofitserlik harbiy unvoni berildi.
Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti qoshidagi ofitserlarni tayyorlash kursini bitirgan navbatdagi harbiy xizmatchilarga ofitserlik unvoni va guvohnomasini tantanali tarzda topshirdi. Ofitser degan sharafli nomga ega boʻlgan barcha bitiruvchilarni samimiy qutladi.
18 Sen