Yangiliklar
Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan Uch avlod uchrashuvida Mudofaa vazirligi faxriylari hamda mas’ul ofiserlari, Nuroniylar, Oliy harbiy ta’lim muassaslari kursantlari,o‘quvchi yoshlar hamda maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
27 Avg
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Olmazor tumani Hokimligi, tuman “Nuroniy jamoatchilik kengashi” va “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bilan hamkorlikda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tantanali marosimda Keksa, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirok etdi. Tadbirda elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar kechaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shib, hozirda keksalik gashtini surayotgan nuroniylar hamda bugungi kunda turli jabhalarda faol ishtiroki bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimiz hamda iste’dodli yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
20 Avg
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda
Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, joylarda ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish yuzasidan belgilangan vazifalar tizimli ravishda olib borilmoqda.
20 Avg
Qirg‘iziston Respublikasi harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonda
Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
17 Avg
“Temir” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan, “Vatanparvar” tashkiloti tizimida bo‘lgan o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida kelajagimiz bo‘lmish yoshlar uchun jamiyatimizning barcha sohalarida ko‘plab imtiyoz va sharoitlar yaratib berilmoqda.
17 Avg
Rossiya federatsiyasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari  - Rossiya federatsiyasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig’i armiya generali  V.Gerasimovning “G’alaba bog’i” ga tashrifi
Joriy yilning 5-avgust kuni Rossiya federatsiyasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari - Bosh shtab boshlig’i armiya generali V.Gerasimov boshchiligidagi delegatsiya “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.
05 Avg
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “xotiralardan o‘rin olgan tarix” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PQ-5091-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “9 may – Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi”ning 11-bandi hamda Mudofaa vazirining 2021 yil 12 martdagi 175-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Xotiralardan o‘rin olgan tarix” kitobi chop etildi.
30 Iyu
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi huzurida muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, uning tarkibida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarining eng ilg‘or yutuqlari asosida “Shon-sharaf” davlat muzeyi qad rosladi. Majmuaning asosiy bosh g‘oyasi: “O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasi, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlari, haqiqiy jasorat va matonat timsolidir” deb belgilangan. Bu yerda namoyish etilayotgan minglab tarixiy eksponatlar Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaga ulkan hissa qo‘shgan xalqimizning jasoratini tarannum etishga, yosh avlodlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek olijanob maqsadga qaratilgan.
28 Iyu
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
16 Iyu
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing