“Gʻalaba bog‘i” yogorlik majmuasida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yogorlik majmuasida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yogorlik majmuasida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘zbekistonning Eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi – metodik markazi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston “Prometey” vatanparvarlik-qidiruv ekspeditsiyasi hamkorligida “Ikkinchi jahon urushi va O‘zbekiston xalqi – tadqiqotlar” mavzusida ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tarixchi olimlar, ilmiy izlanuvchi yetuk mutaxassislar ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davrida bedarak yo‘qolgan, qidiruv ishlari natijasida nomlari aniqlangan yurtdoshlarimiz  to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda front va front ortida O‘zbekiston xalqininig g‘alabaga qo‘shgan hissasi, g‘oyat og‘ir va suronli davrda yurtimiz frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylanib, bu yerdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirilib, ularning faoliyati front ehtiyojlari uchun yo‘naltirilganligi, O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni tiklashda fuqarolarimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etib, buyuk g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi xaqida ma’rurazalar tinglandi. Anjuman davomida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

– Rossiya, Belorussiya, Ukraina kabi qator davlatlar bilan o‘rnatilgan mustahkam hamkorlik aloqalarimiz natijasida bedarak yo‘qolgan, nomlari xech qayerda qayd etilmagan yurtdoshlarimizning nomlari aniqlandi va ularning yaqinlariga yetkazildi. Bu kabi ishlar davom etmoqda. O‘ylaymanki aynan yurtimizda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining bunyod etilganligi ilmiy izlanuvchilarimiz, tarixchi olimlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bu esa,  yoshlarimizni haqiqiy vatanparvar, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi O‘zbekiston “Prometiy” vatanparvarlik-qidiruv ekspeditsiyasi rahbari, “Oltin me’ros” xalqaro xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zarifa Eshmirzayeva.

Konferensiya so‘ngida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

“Gʻalaba bog‘i” yogorlik majmuasi matbuot xizmati

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing