Koreya Milliy politsiya Universiteti prezidenti Lee Cheol–Goo boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Tarixdan so‘zlovchi maskan hisoblanmish “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Koreya Milliy politsiya Universiteti prezidenti Lee Cheol–Goo boshchiligidagi delegatsiya ushbu maskanga tashrif buyurdi.

        Dastavval, mehmonlar  majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova va uning  kelinlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib ta'zim bajo keltirishdi.  Shundan so‘ng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi yillarida ona vatan tinchligini himoya qilish yo‘lida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan yuksak insonparvarligi, matonati  sadoqatini o‘zida aks etgan nodir eksponatlarni ko‘zdan kechirib, ushbu maskan faoliyatiga yuksak baho berib, bu yerdan olgan taassurotlarini faxriy mehmonlarninig dil izhorlarini bitish kitobiga esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing