Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ko‘chma ko‘rgazmalar bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “TONG” yozgi bolalar oromgohida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilarining farzandlari uchun madaniy hordiq tadbirlari rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining front va front ortida qo‘shgan ulkan hissasi, jangohlarda hamyurtlarimiz ko‘rsatgan qahramonliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ko‘rgazmada ko‘chma ko‘rgazmalar bo‘limi xodimlari D.D.Nasirov, S.D.Nasirovalar tomonidan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli bo‘lgan eksponatlar, urush qatnashchilarining orden va medallari, harbiy kiyimlari, fotosuratlari namoyish etildi. Bolajonlarda katta taassurot qoldirgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida kitob-albomining 1-,2- va 3 –tomlarida chop etilgan ma’lumotlar, uning asosiy g‘oyasi haqida tushuntirildi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida turli xil viktorinalar tashkil etilib, to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.