Italiyalik tarix fanlari doktori Marta Tonjiani va madaniyatshunos tarixchi Federika Vinyalelar O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Italiyalik tarix fanlari doktori Marta Tonjiani va madaniyatshunos tarixchi Federika Vinyalelar O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Italiyalik tarix fanlari doktori Marta Tonjiani va madaniyatshunos tarixchi Federika Vinyalelar O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Joriy yilning 17 iyun kuni yurtimizga  Italiyaning Karrara shahri veteranlar Kengashi kotibiyati xodimi, tarix fanlari doktori Marta Tonjiani va madaniyatshunos tarixchi Federika Vinyalelar tashrif buyurdi.

        Dastavval mehmonlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, majmua huzuridagi “Shon-sharaf ” davlat muzeyining kichik majlislar zalida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyati ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

        Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Marta Tonjiani tomonidan 2019 yil Italiyada “Qalbning talabiga binoan” deb nomlanuvchi Apuan qarshilik harakati va sovet partizanlariga bag‘ishlangan kitobi italyan tilida chop etilgan. Ushbu kitobda Italiyadagi Qarshilik ko‘rsatish haraktida (Garibaldi partizan otryadida) ishtirok etgan yurtdoshlarimiz Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Andijonlik Ahmadjon Mamajonov hamda Turg‘un Qo‘chqorovlar haqida salmoqli ma’lumotlar mavjud. Bugungi kunda mazkur kitob O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan  o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib, hozirgi kunda Andijon viloyati hokimiyati tomonidan chop etish rejalashtirilgan.  Marta Tonjianini Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi vatandoshlarimiz Axmadjon Mamajonov va Turg‘un Qo‘chqorovlarning  xotirasini abadiylashtirish hamda jahon manbalarida keng yoritishda ko‘rsatgan mehnatlari yuqori baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan, Federika Vinyaleni esa, “Mudofaa vazirining taxtaga o‘rnatilgan esdalik nishoni” bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, mehmonlarga o‘zbek milliy kiyimlari ham tuhfa qilindi.
        – Men bugun judayam hayajondaman, jannatmakon O‘zbekistonga bo‘lgan sayohatim kutilmagan quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga kirar ekanman, o‘zimni xuddi tarixga sayohat qilgandek his etdim. Vatan tinchligini dushmandan himoya qilgan buyuk ajdodlarga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzi bo‘lmish ushbu maskanning bunyod etilganligi,         O‘zbekiston xalqining naqadar fidoiy, o‘z tarixi va ajdodlariga bo‘lgan cheksiz mehr va muhabbatining amaliy isbotidir. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qolaversa, Mudofaa vazirligi rahbariyatiga Italiya xalqi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz, –deydi Marta Tonjiani. 
Italiyalik mehmonlar  Ahmadjon Mamajonov hamda Turg‘un Qo‘chqorovlar tug‘ilib o‘sgan Andijon viloyati  hamda Samarqand shahari bo‘ylab sayohatga yo‘l olishdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing