“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaga o‘zbekistonliklarning qo‘shgan hissasi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

        “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-Sharaf” davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi,Tashqi Ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu konferensiyada  Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, harbiy attashelari ishtirok etdi. Shuningdek, Niderlandiyalik jurnalist Remko Reyding ham onlayn tarzda ishtirok etib, O‘zbeksiton xalqining buyuk Gʻalabaga qo‘shgan beqiyos hissasi xaqidagi nodir ma’lumotlar, shuningdek, Amersfort konslagerida fashistlar tomonidan qiynoqqa solingan va otib tashlangan 101 o‘zbek o‘g‘loni xaqida olib borilayotgan izlanishlarda hamkorlikni yanada davom ettirishi borasidagi fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zbekistondagi vakillari hamrohligida majmua boshlig‘iga urush davriga oid kitobini sovg‘a qildi.
        Bundan tashqari, xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan materiallar, shuningdek konferensiya to‘plamiga kiritilgan ilmiy maqolalardagi yangi faktlar Ikkinchi jahon urushi tarixi bilan yanada kengroq tanishishga imkon beradi. Ushbu konferensiyada  O‘zbekiston halqining Ikkinchi jahon urushi davrida  g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi, front ortidagi matonati xaqidagi ma’lumotlar borasida ma’ruzalar o‘qildi.
        Tadbir so‘ngida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va  “Shon-sharaf” davlat muzeyi tomonidan konferensiya ishtirokchilariga maxsus esdalik sovg‘alar topshirildi. Ta’kidlash kerakki, Ikkinchi jahon urushi – insoniyat tarixida eng fojiali voqealardan biri bo‘ldi. Unda yer kurrasining 60 dan ortiq davlatlari qatnashgan. Jumladan, 1900 milliondan ziyod o‘zbekistonliklar ham urushga safarbar etilgan va ulardan 538 ming kishi jang maydonlarida halok bo‘lgan, 896 402 nafari urushdan qaytmagan, 158 000 dan ziyodi bedarak yo‘qolgan, urushdan qaytganlarning 800 mingga yaqini bir umr urushda olgan jarohatlari bilan yashab o‘tdilar. Urush davrida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun o‘zbekistonlik jangchilardan 120 ming kishi turli orden va medallar bilan taqdirlangan, 301 kishi esa “Qahramon” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing