Mazkur bebaho qadriyatlarimizni oliy darajaga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, uzoq o‘tmishimiz va bugungi osoyishta hayotimizning qadriga yetish borasida jadal islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, poytaxtimizda qad rostlagan Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasining barpo etilganligi ham fikrimizning yorqin isbotidir. Kunlar isigani sayin mazkur majmuaga kelayotgan va uning faoliyati bilan qiziqayotgan yoshlarning soni kun sayin ortib bormoqda. Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 260- va 257-, Zangiota tumanidagi 21-, Shayhontohur tumanida joylahgan 102-, Quyichirchiq tumanidagi 35-umuiy o'rta ta'lim maktablari hamda 2-sonli Toshkent Akademik litseyi o‘quvchi yoshlari ham mazkur majmuada bo‘lib, ota-bobolarimizning ona vatanga bo‘lgan sadoqati va tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoiyligini o‘zida namoyon etuvchi eksponatlar bilan tanishar ekanlar, yurt tinchligi va farovonligi har narsadan ustun va muhim ekanligini his etganliklarini ta’kidlashdi.