“Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi yoshlar bilan gavjum
“Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi yoshlar bilan gavjum
“Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi yoshlar bilan gavjum
O‘zbek xalqi azal-azaldan o‘zining yuksak tarbiyasi, ahloq-odobi va ma’naviyati bilan boshqa elat vakillari o‘rtasida hurmat qozonib kelgan.

Mazkur bebaho qadriyatlarimizni oliy darajaga ko‘tarish maqsadida  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, uzoq o‘tmishimiz va bugungi osoyishta hayotimizning qadriga yetish borasida jadal islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, poytaxtimizda qad rostlagan Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasining barpo etilganligi ham fikrimizning yorqin isbotidir. Kunlar isigani sayin mazkur majmuaga kelayotgan va uning faoliyati bilan qiziqayotgan yoshlarning soni kun sayin ortib bormoqda. Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 260- va 257-, Zangiota tumanidagi 21-, Shayhontohur tumanida joylahgan 102-, Quyichirchiq tumanidagi 35-umuiy o'rta ta'lim maktablari hamda 2-sonli Toshkent Akademik litseyi o‘quvchi yoshlari ham mazkur majmuada bo‘lib, ota-bobolarimizning ona vatanga bo‘lgan sadoqati va tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoiyligini o‘zida namoyon etuvchi eksponatlar bilan tanishar ekanlar, yurt tinchligi va farovonligi har narsadan ustun va muhim ekanligini his etganliklarini ta’kidlashdi.

 

 

 

 

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration