Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad, nafaqat bugungi tinchlik va farovonlikni qadriga etish, balki o’sib kelayotgan yosh avlodning ma`naviy olamini amaliy ishlar hususida yuksaltirish va mexr oqibat tushunchasini ular ongida yanada mustahkamlashga qaratilgan, – deydi Majmua boshlig’i Shuhrat Yusupov.
Darxaqiqat, bu kabi tadbirlar nafaqat, davlatlararo do’stona munosabatlarni mustahkamlash, balki ikkinchi jahon urushi davrida vatan tinchligi yo’lida jon bergan vatandoshlarimizning porloq xotirasini abadiylashtirish barobarida ertamiz egalari bo’lmish yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida kamol topishlari uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.