“G’ALABA BOG’I” YODGORLIK MAJMUASIDA TINCHLIK DARAXTI BO’Y CHO’ZMOQDA
“G’ALABA BOG’I” YODGORLIK MAJMUASIDA TINCHLIK DARAXTI BO’Y CHO’ZMOQDA
“G’ALABA BOG’I” YODGORLIK MAJMUASIDA TINCHLIK DARAXTI BO’Y CHO’ZMOQDA
Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g’alabaning 76 yilligini munosib nishonlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada xalqaro miqyosidagi hamkorlik uchrashuvlari kun sayin o’z samarasini ko’rsatmoqda. Jumladan, Slovakiyaning O’zbekistondagi elchisi Yan Bori hamda “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi rahbariyati hamkorligida “Tinchlik daraxti” loyihasi amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur maskan hududiga Tinchlik va osoyishtalik ramzi sifatida “Tinchlik daraxti” o’tkazildi.

Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad, nafaqat bugungi    tinchlik va farovonlikni qadriga etish, balki o’sib kelayotgan yosh avlodning ma`naviy olamini amaliy ishlar hususida yuksaltirish va mexr oqibat tushunchasini ular ongida yanada mustahkamlashga qaratilgan, – deydi Majmua boshlig’i Shuhrat Yusupov.

Darxaqiqat, bu kabi tadbirlar nafaqat, davlatlararo do’stona munosabatlarni mustahkamlash, balki ikkinchi jahon urushi davrida vatan tinchligi yo’lida jon bergan vatandoshlarimizning porloq xotirasini abadiylashtirish barobarida  ertamiz egalari bo’lmish yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida kamol topishlari uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration