Muzeyga kiraverishdagi barelyef
Muzeyga kiraverishdagi barelyef
Muzeyga kiraverishdagi barelyef
Ikkinchi jaxon urishida erishilgan buyuk g‘alaba frontdagi va front ortidagi insonlarning noinsoniy mashaqatlari evaziga ko‘lga kiritilgan. O‘zbekiston geografik jixatdan frontdan uzoqda joylashganligiga qaramasdan umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonish uchun butun insoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini ishga soldi. Muzey kirishida joylashgan barelyefdagi lavxalar ushbu kunlarga yorqin misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston yirik evakuvasiya markaziga aylandi. U yuzga yaqin sanoat korxonalarini qabul qilib oldi ular: Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, Sum kompressor va Dnepropetrovsk karborund “Elektrokabel” zavodlari, Stalingrad ximkombinati, Moskova  «Pod’yemnik», «Elektrostanok» zavodlari, V. Chkalov nomidagi aviasiya zavodi va boshqalar. 1941 yili Toshkengtda 137 korxona ishlagan bo‘lsa, ulardan 64 tasi harbiy mahsulot ishlab chiqargan. O‘zbek sanoati frontga 2100  dona samolyot, 17 342 dona aviamotor, 17 100 dona minomyot, 22 mln dona minalar, 560 ming dona snaryadlar, 2 mln donadan ko‘proq aviabombalar, 1 millionga yaqin granatalar, 330 000 dona parashyutlar, 5 dona bronepoyezd, 18 dona harbiy-sanitar poyezdlarni va boshqalarni yetkazib berdi. O‘zbekiston 1,5 miliondan ortiq evakuvasiya qilingan odamlarni ochlik va o‘limdan saqlab qoldi. Ulardan 250 mingdan ko‘prog‘i qamaldagi Leningrad, Belorussiya, Polsha va Ukrainadan keltirilgan yetim bolalar edi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing