Shon-sharaf muzeyi haqida
“Toshkent vokzali” kompozisiyasi
Rassom Alisher Aliqulovning “Toshkent vokzali” ijodiy asari Ikkinchi jahon urushi davridagi muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, shaharning eng gavjum ob’yektidagi bir kun to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Muzeyga kiraverishdagi barelyef
Ikkinchi jaxon urishida erishilgan buyuk g‘alaba frontdagi va front ortidagi insonlarning noinsoniy mashaqatlari evaziga ko‘lga kiritilgan. O‘zbekiston geografik jixatdan frontdan uzoqda joylashganligiga qaramasdan umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonish uchun butun insoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini ishga soldi. Muzey kirishida joylashgan barelyefdagi lavxalar ushbu kunlarga yorqin misol bo‘la oladi.
Shon-sharaf muzeyi haqida
Oʼtgan yili Prezidentimiz tomonidan ulkan bogʼ barpo etib, xalqimiz qahramonligini abadiylashtirish tashabbusi ilgari surilgan edi. Shundan soʼng, ilmiy-ijodiy jamoatchilikning takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida badiiy-meʼmoriy kontsepsiya ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi loyihalar bilan bir necha bor tanishdi. Toshkent shahrining Olmazor tumanida 12 gektardan ziyod joy ajratilib, ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing