Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida ham yosh malakali kadrlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘z bilim doirasini yanada kengaytirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi yurtimizning qator oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida memorandum imzolagan bo‘lib, talabalar malakaviy amaliyot o‘tash uchun doimiy ravishda ushbu maskanga keladilar. Jumladan, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Turizm va mehmondo‘stlik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Axrolova Alloma Akbar qizi, A’zamova Dilnoza Rahimjon qizi, Turkmanova Farangiz Qamariddin qizi malakaviy amaliyot o‘tash davrida namunali xulqi, yuqori bilimi va tashabbuskorligi bilan ibrat ko‘rsatib, qisqa fursatda obro‘-e’tibor qozonib, bo‘lajak kasbiga mas’uliyat va hurmat bilan yondashgani uchun “Shon-sharaf” davlat muzeyi rahbariyati nomidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Bu esa, o‘z navbatida ertamiz egalariga bo‘lgan yuksak e’tibor, ularni bilimli, ajdodlarimizga hamda ona vatanga munosib tarzda kamol topishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.