Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi yakunlandi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi yakunlandi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘tkazilgan “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovi yakunlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

        O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan qo‘shinlarda uch bosqichli tanlov ya’ni,

        I bosqich – harbiy qism va muassasalar yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida yilning iyul oyida; 
        II bosqich – harbiy okrug va birlashmalar miqyosida, yilning avgust oyida;
        III bosqich – Mudofaa vazirligi miqyosida yilning sentyabr oyida “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkazildi.

        Mazkur tanlovning harbiy qism va muassasalar hamda harbiy okrug bosqichida 145 nafar, Mudofaa vazirligi yakuniy bosqichda harbiy okrug  va birlashmalardan 9 nafar yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
        Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart jumladan, “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”; “Jahon adabiyoti bilimdoni”; “Badiiy asardan parcha” lar bo‘yicha bellashdilar.
        Birinchi va ikkinchi shartlarda tavsiya etilgan adabiyotlarga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati tanlov ishtirokchilari tomonidan sharhlab berilishi talab etildi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida baholash komissiyasi a’zolari tomonidan qo’shimcha savollar berildi.
        Har bir shart yo‘nalishi 50 balli tizimda baholanadi.
        Faxrli o‘rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilari Mudofaa vazirining tegishli diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
        Mazkur tanlov yosh harbiy xizmatchilarni kitob o‘qishga da’vat etish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha, bilim va ko‘nikmalarini yanada yuksaltirishga, qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini hamda yosh harbiy xizmatchilarni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga xizmat qilib kelmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing