O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosib nishonlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosib nishonlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosib nishonlanmoqda
Yurtimizning barcha go‘shalarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi keng nishonlanmoqda.

        Jumladan, Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi jamoasi ham ushbu qutlug‘ shodiyonani ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi. Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamentida bo‘lib o‘tgan bayram dasturidan o‘rin olgan jarayonlar barchaga olam-olam quvonch ulashdi. Vatan deb atalmish muqaddas ona diyorimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda xizmat qilib kelayotgan vatanimiz posbonlari har qanday e’tirofga loyiqdir. Tadbirda “Mudofaa vazirining bayram munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilari va Qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilarini taqdirlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i o‘qib eshittirilib, soha vakillaridan bir guruhi, ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘shgan munosib hissasi uchun, birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Shuningdek, bayram munosabati bilan, o‘z xizmat vazifasini sidqidildan ado etib kelayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 
        So‘z olganlar so‘nggi yillarda yurtimizda, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, yurtimiz uzra shukuh surayotgan tinchlik va farovon hayotni qadrlash, ajdodlarimizdan bizga me’ros bo‘lib kelayotgan insoniylik, saxovat, vatanga sadoqat kabi ezgu qadriyatlarga sodiq  qolgan holda hayot kechirish chinakam oliyjanoblik ekanini ta’kidlashdi. 
        Tadbir davomida Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari hamda elimiz suygan taniqli san’atkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi va jozibali sho‘x kuylar ijro etilib, barchaga bayramona ko‘tarinki kafiyat ulashdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing