Ajdodlardan me’ros qolgan vatandir bu
Ajdodlardan me’ros qolgan vatandir bu
Ajdodlardan me’ros qolgan vatandir bu
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Jasorat” to‘plami kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

        Unda Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tizimidagi oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari, yoshlar, yozuvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
       Mazkur kitob to‘plamlaridagi Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Gʻaznaviy, Shohrux Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdullaxon kabi buyuk jasorat sohiblari haqidagi ma’lumotlar yoshlarni tomirlarida ulug‘ bobolar qoni oqayotgan millat farzandlari ekani, yuksak maqsadlar sari intilib yashash ezgu fazilat, oliy burch ekanini yodda tutishga, eng muhimi, Vatanni sevishga undaydi. Kitoblar matni sarkardalar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq ilmiy materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan shakllantirildi va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashrga tayyorlandi.
        Kitob yoshlarni qiziqtirishi hamda o‘qishga qulay bo‘lishi uchun A6 format (cho‘ntak kitob) da chop etildi.
        Kitoblarning har biri 10 ming nusxada chop etilib, har bir ta’lim muassasasi, vazirlik, idora va muassasalar kutubxonalariga yetkazilishi rejalashtirilgan.
        Tadbirdan so‘ng, ishtirokchilar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi hamda “Millat fidoiylari” yodgorlik majmualariga sayohat qilishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing