O‘zlarini huddi yurt qahramonlari maydoniga tushib qolgandek tasavvur qilgan bank xodimlari, ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho berishdi.
–Ushbu maskanga kelishimizdan maqsad, bank xodimlari o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, qolaversa, jonajon ona vatanimiz osoyishtaligini ta’minlashda hatto o‘z shirin jonidan kechgan fidoiy yurtdoshlarimizning bosib o‘tgan sharafli yo‘li, ularga tegishli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirish, – deydi Turon bank, respublika bosh ofisi mutasaddilari.
Bank xodimlari, mazkur yodgorlik majmualaridagi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.