Tarix va bugun bilan hamnafas yoshlar, vatan uchun jon bergan fidoiy va qahramon yurtdoshlarimizning bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘llari hamda ularning vatan tinchligini asrash, xalqimiz farovonligini ta’minlashda ko‘rsatgan jasorati va matonati bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.