Dastavval ishtirokchilar, majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” hamda Mustaqillik yillarida vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlashda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan yurt o‘g‘lonlarining yodgorlik majmualari poyiga gul qo‘yib, ularning porloq xotirasini yod etishdi. Shundan so‘ng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi tarixiy ma’lumotlar, ota-bobolarimizning Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan jasorati bilan bog‘liq eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Festival doirasida ishtirokchilar Mudofaa vazirligi ma’naviyat va madaniyat departamenti faoliyati bilan ham tanishdilar. Shundan so‘ng, harbiy san’atkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar festival ishtirokchilariga taqdim etildi. Yurtimizda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tadbirlar, nafaqat, vatan fidoiylari xotirasini abadiylashtirish, balki, o‘sib kelayotgan yosh avlod va fuqarolarimiz qalbida xaqiqiy vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga qaratilgandir.