Yoshlar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
Yoshlar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
Yoshlar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yo‘nalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

        Jumladan, Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan vatanparvarlik tadbirlari yoshlar ongiga vatanga sadoqat, mardlik tuyg‘ularini singdirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yoshlar ham biriktirilgan bo‘lib, hozirda bu borada ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bugun “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik mmajmuasida bo‘lib o‘tgan vatanparvarlik tadbiri ham aynan yuqorida belgilangan ezgu maqsadlarga qaratildi.  Poytaxtimizning Sergeli tumanida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar tarix va bugunni bog‘lab turuvchi, o‘tmishda vatan tinchligini asrab-avaylashda hatto o‘z shirin jonidan kechgan buyuk va qahramon ajdodlarimizning bosib o‘tgan ibratli yo‘llaridan hikoya qiluvchi ushbu majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
        Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan o‘zbekiston xalqining boshidan kechirgan mudhish kunlari, onalar faryodi, suyukli yor hijronida alamli ko‘z yosh to‘kkan mushtipar ayollarning ayanchli qismati, zahmatkash xalqimizning og‘ir vaziyatlarda ham yurt tinchligi uchun o‘z shirin jonidan kechgan davrlarni o‘zida namoyon etgan eksponat va ekspozisiyalar yoshlarda katta taasurot uyg‘otdi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olib, o‘zaro fikr almashishdi. Yoshlar bilan bog‘liq bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing