Millat fidoiylari mangu barhayot
Millat fidoiylari mangu barhayot
Millat fidoiylari mangu barhayot
Har bir davlatning o‘z milliy qadriyati va an’anasi mavjud. Bu esa, har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi.

        Yurtimizda asrlar osha me’ros bo‘lib kelayotgan an’ana va qadriyatlarimiz davomiyligini ta’minlashda qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshi ulug‘ onaxonlar va keksa avlod vakillari ishtirokida turli xil tadbirlar yurtimizning tahsinga sazovor joylarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.  Jumladan, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi shu kabi tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari tadbirlarini o‘tkazishda muhim maskanlardan biriga aylangan. Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilayotgan faol ayollardan bir guruhi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Millat fidoiylari” yodgorlik majmualarida bo‘lishdi. Dastavval, tadbir ishtirokchilari mustaqillik yillarida vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash hamda o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlariga atab barpo etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yishdi.
        Uchrashuv chog‘ida yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida halok bo‘lgan vatanimiz posbonlari xaqidagi ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan hikoya qilindi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing