Malakali yosh kadrlar kelajak poydevorini mustahkamlovchi tayanchdir
Malakali yosh kadrlar kelajak poydevorini mustahkamlovchi tayanchdir
Malakali yosh kadrlar kelajak poydevorini mustahkamlovchi tayanchdir
Vatan himoyasiga shay turish oliy saodatdir. Ta’kidlash joizki, vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlab, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilar chin ma’noda bugunning haqiqiy qahramonlaridir.

        Bu sharafli kasb egalari har qanday qiyin vaziyatlarda ham o‘z xohish istaklarini emas, balki, jonajon vatan oldidagi burchini bajarishni usuvor vazifa deb biladilar. Ana shunday fidoiy, jonkuyar, o‘ziga yuklatilgan vazifani bor kuch-g‘ayrati bilan ado etib, jamoasi oldida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lib kelayotgan, Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi Kadrlar va saf bo‘limi boshlig‘i Katta serjant Jumaniyazov Jamol Adamboyevichdir. Majmua hududidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Jamol Adambayevichni boshqa lavozimga o‘tganligi sababli kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
        Tadbirda so‘z olganlar Jamol Adamboyevichning faoliyatida erishgan yutuqlari, o‘z navbatida yoshlarimiz o‘rnak olishi mumkin bo‘lgan fazilatlari, uning shijoati, o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati, xodimlar o‘rtasida adolat bilan ish ko‘rishi, kezi kelganda xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, doimo yuksak marralar sari odimlab, barchaga o‘rnak va namuna bo‘lgan mutaxassis ekanini ta’kidlashdi. Sohalar rivoji uchun malakali va yosh kadrlar har jabhada muhim va keraklidir. Shu bois, katta serjant Jamol Adamboyevich ham Mudofaa vazirligi tizimida ko‘p yillardan beri xizmat qilib kelmoqda. Tadbirda Jamol Adamboyevichga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tpshirildi. Biz Katta serjant Jamoliddin adamboyevichni kelgusidagi xizmat faoliyatida ulkan yutuqlar va zafarlar tilab qolamiz.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing