“Yelkamda vatanning yuki bor” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Yelkamda vatanning yuki bor” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Yelkamda vatanning yuki bor” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida "Yelkamda Vatanning yuki bor" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

        Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Mudofaa vazirining vatanparvar targ‘iboti ma’naviy-marifiy masalar va yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon O‘sarov so‘zga chiqib, sheryurak  yigitlarning oila a’zolariga minnatdorlik bildirishdi. Elparvar o‘g‘lonlarning nomlari birma-bir tilga olinib, ularning vatan tinchligi, yurt farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati yodga olindi. Shuningdek, yurtimiz sarhadlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarning oila a’zolari ham so‘zga chiqib, qalblarida jo‘sh urayotgan hayajon, faxr tuyg‘ularini  va ularning xotirasini abadiylashtirish yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlardan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashdi.
        –Mazkur kitobda mustaqillik yillarida muqaddas ona vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgan yurt o‘g‘lonlariga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlar, ularning fotosuratlari jam bo‘ldi, –deydi "Ajdodlar izidan" harbiy tarixiy jamiyati raisi Xolmatov Habibullo Hamidullayevich. 
        – "Ajdodlar izidan" harbiy tarixiy jamiyati  a’zolari tomonidan  mustaqillik yillarida vatan ostonasini bor kuch g‘ayrati bilan himoya qilib, xizmat vazifasini bajarish mobaynida halok bo‘lgan qahramonlarimizning oila a’zolari, yoru do‘stlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, aniq faktlar asosida ular xaqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Dovyurak o‘g‘lonlarimiz tahsil olgan maktablarga safarlar uyushtirilib, ularning ustozlari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.  Bu kabi amaliy ishlar nafaqat qahramon o‘g‘lonlarimiz xotirasini abadiylashtirish,  ularning oila a’zolariga tasalli berish, balki yurtimiz yoshlariga vatan ostonasi nechog‘lik muqaddas ekanini yanada kuchliroq anglashlariga  hissa qo‘shishdir. Ushbu kitobni chop etishda bizga yaqindan yordam bergan hamkorlarimiz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
        Ha, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning zamirida yurt tinchligi, xalq farovonligi turar ekan, o‘z kasbiga sadoqat bilan faoliyat yuritib, kerak bo‘lsa vatan tinchligini ta’minlashda o‘z jonidan kechgan dovyurak, xalqparvar o‘g‘lonlarni xalqimiz aslo unutmaydi. Zero,vatan muqaddas va azizdir. Uning tinchligi va osoyishtaligi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing