Olmazor yoshlarni sevadi
Olmazor yoshlarni sevadi
Olmazor yoshlarni sevadi
Har yili yurtimizda 30-iyun “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

        Bu kun nafaqat bayram, balki mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rin va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiya sohalariga keng jalb qilish, ularning erishayotgan yutuqlari, kelgusidagi maqsadlari yo‘lida keng imkoniyatlar eshigini ochishdir. Shuningdek, ularning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish eng muhim masalalardan hisoblanadi.         “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan “Olmazor yoshlarni sevadi” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbir ham aynan shu kabi ezgu maqsadlarga qaratildi. Olmazor tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir ertamiz egalariga o‘zgacha shijoat va xursandchilik ulashdi. Unda Olmazor tumanidagi mavjud barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabi bituruvchilari hamda tuman yoshlari ishtirok etdi.
        Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan tantanali bayram dasturidan gala-konsert ham o‘rin oldi. Dastavval maktabni oltin medalni qo‘lga kiritish bilan yakunlagan faol yoshlar tadbir markazidan o‘rin olgan qizil yo‘lakdan yurib, tantanali bayram kechasiga kirib kelishdi. Bu o‘z navbatida yoshlarga shijoat, ko‘tarinki kayfiyat ulashibgina qolmay, ularga bo‘lgan cheksiz ishonchdan dalolatdir. Tadbirda o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar, go‘zal jozibali qo‘shiqlarni ijro etib, barchaga olam-olam quvonch ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing