Ushbu tanlov harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, intelektual hamda ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, harbiy xizmatchilar va yosh avlodni bir maqsad sari birlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgandir. Tanlov uch bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, unda harbiy qism va muassasalardagi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari harbiy okrug bosqichida 130 nafar, yakuniy bosqichida harbiy okrug va qo‘shilmalardan 8 nafar harbiy qism muasssasalarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shijoat va iste’dod, bilim va ko‘nikmalarini aniq namoyon etgan eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchilari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.