Bu fikrga butun umri ta’qib izmida kechgan “ulkan qirg‘in” va qayta-qayta surgun ham irodasini sindira olmagan ayol haqidagi “Matonatli Maryam” filmini ko‘rgach kelasiz.
Ushbu film XX asrning 20-yillarida Germaniyada ta’lim olgan o‘zbek talabalaridan biri – Maryamxon Sultonmurodovaning taqdiriga bag‘ishlangan.
Xorazmda tug‘ilgan Maryamxon otasi Jumaniyoz Sultonmurodovning “Agar o‘g‘lingni o‘qitsang, bir kishini o‘qitgan bo‘lasan, ammo qizingni o‘qitsang, butun bir jamiyatni ilmli qilgan bo‘lasan”, degan taraqqiyparvar g‘oyalari ta’sirida ulg‘ayadi.
Germaniyaga o‘qishga borish va unda muvaffaqiyatga erishish uchun mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tadi.
Filmda Maryamxonning ta’lim olishdagi qiyinchiliklari, Sobiq Ittifoq davridagi qatag‘onlarga qaramay, ilm va taraqqiyot yo‘lidagi jasorati, ikki marta qamalishdan so‘ng ham taraqqiyparvarlik yo‘lida faoliyatini davom ettirishi yoritiladi. U o‘zbek ayollarining matonati timsoli sifatida tasvirlanib, har bir davr qizlariga ilhom manbai sifatida namoyish qilinadi.
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarix sahifalarini jonli tarzda namoyon etadi. Ushbu filmdagi voqayelar rivoji esa, aynan ushbu maskan muhitida o‘z ifodasini topdi.
Filmning asosiy g‘oyasi – Maryamxonning jasorati va taraqqiyot yo‘lidagi qahramonliklari orqali o‘zbek ayollarining o‘ziga xos kuchli irodasini namoyon etish.